Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan “Xalq davlat organlariga emas, davlat organlari xalqqa xizmat qilishi kerak” tamoyili asosida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mutasaddilarning xalq bilan muloqotini yoʼlga qoʼyish, murojaatlar bilan ishlash sifatini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng koʼlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Jumladan, Аgentlikka 2021 yilda jami 4 901 ta (493 tasi dublikat) murojaat kelib tushgan boʼlib, shundan 107 tasi Аgentlik rahbariyati tomonidan tashkil etilgan shaxsiy va sayyor qabullarda kelib tushgan.
Murojaatlarning:
245 tasi ijobiy hal etildi;
1 163 tasi huquqiy maslahat va tushuntirishlar berish orqali qanoatlantirildi;
5 tasining ijobiy yechimi yuzasidan Аgentlikka tashakkurnoma bildirildi;
2 tasi fuqaroning arizasiga asosan koʼrilmasdan qoldirildi;
117 tasi anonim deb topildi;
43 tasi maʼlumot uchun qabul qilindi;
158 tasi takroriy boʼlgani sababli koʼrib chiqilishi belgilangan tartibda tugatildi.
Murojaatlarni koʼrib chiqish natijalari boʼyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 213 ta soʼrovnoma yuborildi, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 53 ta taqdimnoma hamda 13 ta ogohlantirish kiritildi.
Murojaatlarni oʼrganish natijasida 52 ta qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan qarorlar, shu jumladan, 22 ta tender savdolari bekor qilindi, Аgentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 15 ta jinoyat ishi, 38 ta maʼmuriy javobgarlik hamda 15 ta intizomiy javobgarlik toʼgʼrisidagi ish qoʼzgʼatildi va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʼrildi.
Аgentlikka kelib tushayotgan aksariyat murojaatlarning mazmuni sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi bilan bogʼliq. Jumladan, soha va yoʼnalishlar boʼyicha murojaatlarning tahlili quyidagicha:
- sud qarorlaridan noroziliklar 635 ta (12,8%);
- taʼlimi sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari boʼyicha 481 ta (9,8%), jumladan:
386 tasi xalq taʼlimi sohasi boʼyicha (141 tasi dublikat);
53 tasi oliy va oʼrta maxsus taʼlimi sohasi boʼyicha;
41 tasi maktabgacha taʼlim sohasi boʼyicha.
- yer maydoni ajratilmayotganligi, yer nizolari va yer maydonlari talon-toroj boʼlayotganligi boʼyicha 346 ta (7,1%);
- ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari
va qarorlaridan noroziliklar 343 ta (7,0%);
- prokuratura organlari qarorlaridan noroziliklar
va prokuratura organlariga qilingan murojaatlar hal boʼlmayotganligi boʼyicha 303 ta (6,2%);
- ayrim xoʼjalik boshqaruvi organlari rahbarlarining xatti-harakatlaridan noroziliklar masalasida 269 ta (5,5%);
- mahalliy hokimlik xodimlari va mansabdor shaxslarining noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 222 ta (4,5%);
- davlat xaridlari va tender savdolari jarayonidagi qonunbuzilish holatlari boʼyicha 187 ta (3,8%);
- kredit masalasida va bank xodimlari xatti-harakatidan noroziliklar 153 ta (3,1%);
- majburiy ijro byurosi xodimlarining xatti-harakatlari va ijro hujjatlarning bajarilmayotganligi boʼyicha 150 ta (3,1%);
- mehnat qonunchiligining buzilishi holatlari boʼyicha 137 ta (2,8%);
- uy-joy va kommunal sohasidagi muammolar yuzasidan 123 ta (2,5%);
- noqonuniy qurilishlar masalasida 121 ta (2,5%);
- sogʼliqni saqlash sohasidagi qonunbuzilish holatlari
va tibbiyot xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 118 ta (2,4%);
- firibgarlik jinoyatlari yuzasidan 108 ta (2,2%);
- mahalla fuqarolar yigʼinlari raislari va xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 86 ta (1,9%);
- Аgentlikka ishga kirish masalasida 78 ta (1,6%)
- qonunchilikni takomillashtirish boʼyicha takliflar 69 ta (1,4%);
- moddiy zararni undirish masalasida 61 ta (1,2%);
- gaz taʼminotidagi muammolar yuzasidan 54 ta (1,1%);
- kadastr sohasi boʼyicha 52 ta (1,1%);
- rahbarlarning shaxsiy qabuliga kirish masalasida 49 ta (1,0%)
(26 tasi dublikat);
- davlat byudjeti mablagʼlarining talon-toroj qilinishi yuzasidan 48 ta (1,0%);
- pensiya va ijtimoiy nafaqalar tayinlashdagi muammolar yuzasidan 45 ta (0,9%);
- davlat soliq inspektsiyasi xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan 43 ta (0,9%);
- obodonlashtirish masalasida 19 ta (0,4%);
- shartnoma shartlarining bajarmasligi masalasida 17 ta (0,3%);
- diniy masalalarda 16 ta (0,3%);
- tabiiy ofatlardan zarar koʼrganligi boʼyicha kompensatsiya mablagʼlarini undirishga amaliy yordam berishni soʼrab 15 ta (0,3%);
- elektr taʼminotidagi muammolar yuzasidan 12 ta (0,2%);
- advokatlarning xatti-harakatlari yuzasidan 11 ta (0,2%);
- ekologiya masalasida 8 ta (0,2%);
- tadbirkorlik masalasida 17 ta (0.3%);
- ichimlik suvi taʼminotidagi muammolar yuzasidan 6 ta (0,1%);
- pasport olish yuzasidan 5 ta (0,1%);
- dividend masalasida 4 ta (0,1%);
- bojxona xizmati xodimlarining xatti-harakatlari va qarorlaridan noroziliklar 4 ta (0,1%);
- saylov masalasida 4 ta (0,1%);
- sugʼurta masalalarida 3 ta (0,1%) va 479 ta (9,8%) boshqa turli masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Murojaatlarning hududlar kesimidagi tahlili:
Toshkent shahar boʼyicha 1088 ta;
Navoiy viloyati boʼyicha 480 ta;
Qashqadaryo viloyati boʼyicha 451 ta;
Surxondaryo viloyati boʼyicha 426 ta;
Toshkent viloyati boʼyicha 418 ta;
Namangan viloyati boʼyicha 391 ta;
Samarqand viloyati boʼyicha 373 ta;
Xorazm viloyati boʼyicha 239 ta;
Fargʼona viloyati boʼyicha 237 ta;
Buxoro viloyati boʼyicha 225 ta;
Jizzax viloyati boʼyicha 225 ta;
Аndijon viloyati boʼyicha 151 ta;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi boʼyicha 107 ta;
Sirdaryo viloyati boʼyicha 86 ta;
Chet el fuqarosidan 4 ta murojaat kelib tushgan.
Аgentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashishda murojaatlarda koʼrsatib oʼtilayotgan korruptsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf qilish, muammolarga yechim topish, tahlil qilish asosida qonunchilikni yanada takomillashtirishni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqilishi va tegishli chora-tadbirlar belgilab olinishi muhim ahamiyat kasb etishini inobatga olgan holda Аgentlikning 2022 yil uchun tegishli chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Mazkur chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, 2022 yil davomida amaldagi qonunchilikka oʼzgartirish va qoʼshimchalar kiritish boʼyicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va tegishli organlarga kiritish boʼyicha vazifalar belgilab olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati