Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yishda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Agentlik rahbariyati va xodimlari tomonidan doimiy ravishda fuqarolarni qabul qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun ham Agentlik direktori A.Burxanovning fuqarolar bilan navbatdagi shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi. Mazkur shaxsiy qabulda Agentlik direktori tomonidan 16 nafar fuqaro qabul qilindi.
Fuqarolarning 11 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. Ijrosi o‘rganish va vaqt talab qiladigan 5 ta murojaat ijroga qabul qilindi va ijrosi nazoratga olindi.
“Inson qadri uchun” tamoyilini hayotga tatbiq etish uchun amalga oshirilayotgan bu kabi sa’y-harakatlar aholi muammolarining yechimi topilishiga xizmat qiladi hamda murojaatlarda ko‘rsatib o‘tilayotgan korrupsiyaviy holatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni tahlil qilgan holda ularni bartaraf qilish uchun tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqilishiga zamin yaratadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati