Avval xabar berganimizdek, Jahon banki ekspertlari tomonidan Agentlik xodimlarining sohada salohiyati va koʻnikmalarini kuchaytirish maqsadida onlayn tarzda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.
Joriy yilning 27-aprel kuni tashkil etilgan navbatdagi trening "Davlat sektorida shaffoflikni taʼminlashda raqamli vositalar" mavzusiga bagʻishlandi.
Unda Jahon Banki eksperti Dmitro Kotlyar taqdimot bilan ishtirok etdi.
Taqdimotda shaffoflikni taʼminlash va korrupsiyaviy holatlarni aniqlashda raqamli vositalarning ahamiyati, davlat tizimida raqamli vositalardan foydalanishning asosiy mulohazalari, ularni ishlab chiqish va joriy etishda odatda uchraydigan muammolarga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, ishtirokchilar yangi raqamli vositalarni ishlab chiqish va joriy etishda fuqarolik jamiyati va axborot vositalarining oʻrni yuzasidan ham maʼlumotga ega boʻldilar.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati