Shveysariya bilan hamkorlikda Oʻzbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha yangi yirik qoʻshma loyihalar amalga oshiriladi
Shveysariya Konfederatsiyasida boʻlib turgan Oʻzbekiston delegatsiyasining Shveysariya Gender tengligi federal idorasi, Federal kadrlar boshqarmasi hamda Taraqqiyot va hamkorlik agentligi vakillari bilan muloqotlari boʻlib oʻtdi.
Gender tengligi federal idorasi rahbari bilan tashkil etilgan uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat boshqaruviga ayollarni faol jalb etish masalalari muhokama qilindi.
Federal kadrlar boshqarmasi vakillari bilan boʻlib oʻtgan muloqotda Shveyariyada kadrlar zahirasini shakllantirish va boshqarish siyosati, davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi bilimlarini oshirish hamda ular faoliyatida halollikni taʼminlashga oid tajribasidan foydalanish istiqbollari borasida fikr yuritildi.
Oʻz oʻrnida, tomonlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan oʻzaro hamkorlikka tayyor ekanliklari bildirildi.
Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi vakillari bilan oʻlib oʻtgan uchrashuvda tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning dastlabki natijalari muhokama qilinib, shveysariyalik hamkasblar bilan oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qoʻshma loyihalarni ishlab chiqish va texnik koʻmak koʻrsatish dasturini amalga oshirish masalasi koʻrib chiqildi.
Shu bilan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi delegatsiyasining Shveysariya Konfederatsiyasiga amaliy tashrifi oʻz yakuniga yetdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati