Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga joriy yilning 1 yarim yilligida jami 1 169 ta murojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 1 134 tasi koʻrib chiqilishi ta’minlangan.
Murojaatlarni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tegishli vazirlik va idoralarga, viloyat (tuman, shahar) hokimliklariga 25 ta soʻrovnoma yuborilgan, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan 15 ta taqdimnoma kiritilgan.
Murojaatlarni oʻrganish natijasiga koʻra, qonun hujjatlariga zid ravishda chiqarilgan 9 ta hujjat bekor qilingan, Agentlik tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan 7 ta jinoyat ishi, 4 ta ma’muriy javobgarlik va 2 ta intizomiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar qoʻzgʻatilgan va mavjud xato-kamchiliklarni bartaraf etish choralari koʻrilgan. Murojaatlarni oʻrganishda aniqlangan moliyaviy xato va kamchiliklar miqdori 30,4 mlrd. soʻmni tashkil qilgan.
Agentlikka kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyatida sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda korrupsiyaviy holatlarning yuz berayotganligi toʻgʻrisida yozilgan murojaatlardan iboratdir.
Hududlar kesimida murojaatlar quyidagi koʻrsatkichlarni tashkil qiladi:
- Toshkent shahar boʻyicha 350 ta;
- Toshkent viloyati boʻyicha 123 ta;
- Qashqadaryo viloyati boʻyicha 101 ta;
- Namangan viloyati boʻyicha 78 ta;
- Samarqand viloyati boʻyicha 78 ta;
- Fargʻona viloyati boʻyicha 56 ta;
- Surxondaryo viloyati boʻyicha 53 ta;
- Sirdaryo viloyati boʻyicha 51 ta;
- Navoiy viloyati boʻyicha 51 ta;
- Buxoro viloyati boʻyicha 50 ta;
- Jizzax viloyati boʻyicha 47 ta;
- Andijon viloyati boʻyicha 45 ta;
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha 44 ta;
- Xorazm viloyati boʻyicha 39 ta;
Chet eldan 3 ta murojaat kelib tushgan.
Davlat xaridlari sohasida qonunchilik talablariga rioya qilinishi yuzasidan oʻtkazilgan oʻrganishlar
2022-2023-yillarda davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 28 ta vazirlik va idoralar takliflari inobatga olingan holda “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqildi va Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi tomonidan tasdiqlandi.
Davlat xaridlariga oid qonunchilik talablariga rioya qilinishi yuzasidan jami 10 ta vazirlik, idora va tashkilotlarda oʻtkazilgan oʻrganishlarda 1 143 ta holatda 48,5 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlandi.
Mazkur xato va kamchiliklar:
1. 1 ta holatda 2,1 mlrd. soʻmlik xarid tanlovi talablarini bajarmaslik;
2. 4 ta holatda 8,3 mlrd. soʻmlik xaridlarni qismlarga boʻlgan xolda amalga oshirish;
3. 1 026 ta holatda 12,7 mlrd. soʻmlik elektron/milliy doʻkon, auksion savdolari tartibini buzish;
4. 2 ta holatda 1,77 mlrd. soʻmlik qonunga zid ravishda toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzilganligi;
5. 75 ta holatda 18,5 mlrd. soʻmlik xaridlarda Raqobat toʻgʻrisidagi qonun talablari buzilganligi;
6. 35 ta holatda 5,1 mlrd. soʻmlik boshqa xato va kamchiliklardan iborat.
Shuningdek, oʻtkazilgan masofaviy monitoringlar yakuniga koʻra, 294,4 mlrd. soʻmlik e’lon qilingan xaridlar boʻyicha korrupsiyaviy huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf qilishga qaratilgan 46 ta taqdimnoma hamda jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasini hal qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 40 ga yaqin soʻrovnoma kiritilgan boʻlib, natijasi boʻyicha 4 ta jinoyat ishlari va 8 ta ma’muriy ishlar qoʻzgʻatilishi ta’minlandi, 8 ta holatda mas’ul xodimlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllanildi.
Komplayens-nazorat tizimini faoliyatiga oid
Hozirgi kunda 117 ta davlat tashkilotlari, shu jumladan banklarda 907 nafar shtat birligidan iborat korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Agentlik tomonidan joriy yilning oʻtgan davrida 78 ta vazirlik va idoralarda ichki nazorat tizimi faoliyatining yoʻlga qoʻyilganlik holati joyiga chiqqan holda oʻrganildi. Oʻrganish natijalariga koʻra, vazirlik va idoralarga ushbu yoʻnalishdagi faoliyatni samarali tashkil etilishi yuzasidan 18 ta taqdimnoma kiritildi.
Ichki nazorat tuzilmalari tomonidan joriy yilning 1 yarmida 151,7 mlrd soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklar aniqlanib, toʻplangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.
Xorijiy ekspertlar ishtirokida davlat tashkilotlarining 400 dan ortiq ichki nazorat tuzilmalari xodimlarining malakasini oshirish ta’minlanib, Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etish boʻyicha 3 ta uslubiy qoʻllanma chop etildi.
Bugungi kunda 19 ta davlat tashkiloti, 1 ta tijorat bank “Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi” boʻyicha ISO 37001:2016 xalqaro standart sertifikatiga ega boʻldi.
Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens) tuzilmalari faoliyatini samarali tashkil etish yuzasidan vazirlik va idoralarda 60 dan ortiq oʻquv seminarlari, treninglar va davra suhbatlari tashkil etildi.
Mazkur oʻquv-seminarlarida 5 mingga yaqin davlat xizmatchilarining korrupsiyaning oldini olish va uni bartaraf etishga doir bilim va koʻnikmalari oshirilishi ta’minlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati