Ma'lumki, so‘nggi yillarda davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan ko‘plab sohalar qatorida fuqarolarning axborotni erkin izlash va olishga doir konstitusiyaviy huquqlarini amalga oshirish maqsadida ochiqlikni ta'minlash sohasida ham katta islohotlar amalga oshirilmoqda.
Belgilab berilgan ustuvor maqsadlardan kelib chiqib, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati jamoatchilik uchun ochiq va shaffof bo‘lishi, mansabdor shaxslar esa xalq oldida hisobdorligi davlat rahbari darajasidagi qator normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilab qo‘yildi.
Hususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 14-iyun kuni PF-154-son farmoni qabul qilinib, davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi va natijadorligini baholashga qaratilgan Ochiqlik indeksi joriy etildi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda Ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlar bilan shartnomalar tuzishda qo‘llash uchun tavsiyaviy hususiyatga ega bo‘lgan ochiqlikni ta'minlash sohasida qonunchilik talablarini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikni belgilovchi namunaviy shartlar ishlab chiqish vazifasi yuklatildi.
Topshiriq ijrosini ta'minlash maqsadida milliy qonunchilik hamda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasini tahlil qilgan holda Ochiqlikni ta'minlashga mas'ul xodimlar bilan shartnomalar tuzishda qo‘llash uchun tavsiyaviy xususiyatga ega bo‘lgan ochiqlikni ta'minlash sohasida qonunchilik talablarini buzganlik uchun intizomiy javobgarlikni belgilovchi namunaviy shartlar ishlab chiqildi.