Davlat xaridlari sohasida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoring natijalari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-iyundagi PF-6013-sonli Farmoniga asosan byudjet mablagʻlari, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish, davlat aktivlarini realizatsiya qilish va davlat xaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish Agentlikning asosiy faoliyat yoʻnalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Shunga koʻra, Agentlik tomonidan 2021-2022-yilning 7 oyi davomida davlat xaridlarini amalga oshirishda amaldagi meʼyoriy huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi yuzasidan monitoring va oʻrganishlar oʻtkazilib, 514 ta davlat xaridlari va raqobatga oid qonunchilik hujjatlari talablari buzilishini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar tegishli davlat organlari va tashkilotlariga kiritilgan.
Jumladan, Sogʻliqni saqlash vazirligi va uning tizimidagi muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 79 ta;
Mahalliy davlat hokimiyati organlari va uning tizimidagi muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 79 ta;
Xalq taʼlimi vazirligi va uning tizimidagi muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 73 ta;
Maktabgacha taʼlim vazirligi va uning tizimidagi muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 42 ta;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va uning tizimidagi muassasa va tashkilotlarda sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 27 ta;
Suv xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi muassasalaridagi sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 12 ta;
Madaniyat vazirligi va uning tizimidagi muassasalaridagi sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 3 ta;
Yoshlar ishlari agentligi va uning tizimidagi muassasalaridagi sodir etilgan qonun buzilishlari yuzasidan 3 ta taqdimnoma kiritilib, qonun talablari buzilgan holda tashkil qilingan tanlov va eng yaxshi takliflarni tanlashlar bekor qilinishi taʼminlandi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi