Joriy yilning 25-avgust kuni Qashqadaryo viloyat Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda 2022-yil II yarim yillikda viloyatda sohalar va davlat organlari kesimida korrupsiyaning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar dasturi hududiy kengash aʼzolari bilan hamkorlikda muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
Shuningdek, yigʻilishda maktabgacha taʼlim va sogʻliqni saqlash boshqarmalari, Markaziy bank hududiy boshqarmasi va boshqa tashkilot rahbarlarining sohada olib borayotgan hisobotlari tinglandi.
Mavjud muammo va kamchiliklar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan oʻzaro fikr-mulohaza almashildi.
Yigʻilish soʻnggida muhokama etilgan masalalar yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqilib, hududiy kengash faoliyati samaradorligini oshirish, aksilkorrupsiya siyosatiga oid islohotlarning hayotga faol tatbiq etilishi yuzasidan aniq maqsad va vazifalar belgilab olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati