Fransuzlarning 64% mamlakatda korrupsiya keng tarqalgan deb hisoblaydi
2022-yil bahorida o‘tkazilgan Eurobarometr tadqiqotiga ko‘ra, fransuzlarning 64% Fransiyada korrupsiya keng tarqalgan deb hisoblaydi, 7% fuqarolar allaqachon bu illatning “qurboni” bo‘lganliklarini bildirgan, deb xabar bermoqda Fransiya Antikorrupsiya agentligi. Bu raqamlar mamlakat iqtisodiyotining shaffofligi va barqarorligini taʼminlash, institutlar va demokratiyaga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash uchun halollikka qarshi hujumlarga nisbatan samarali va qatʼiy kurash zarurligini ko‘rsatmoqda, deb qayt etmoqda Fransiya Antikorrupsiya agentligi.
Xitoy bankining sobiq raisi pora va boshqa imtiyozlar olish uchun o‘z lavozimidan foydalangan
Lyu Lyange Xitoy prezidenti Si Tszinpinning korrupsiyaga qarshi kurash kampaniyasida qo‘lga olingan so‘nggi moliyaviy rahbardir.
Xitoy davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Xitoy bankining sobiq raisi Lyu Lyange korrupsiyada ayblanib hibsga olingan.
2019-yildan shu yilning martigacha davlat bankini boshqargan Liu Oliy xalq prokuraturasi tomonidan poraxo‘rlik va noqonuniy kreditlar berishda gumonlanib hibsga olingan, deya xabar beradi Sinxua agentligi.
Lyu Lyangening hibsga olinishi mamlakatning korrupsiyaga qarshi kurash xizmati tomonidan huquqbuzarlik ayblovlari ortidan hukmron Xitoy Kommunistik partiyasidan chiqarib yuborilganidan bir hafta o'tgach sodir bo'ldi.
Intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy komissiya Lyuni bir qator noqonuniy faoliyatda, jumladan, noqonuniy kreditlar berishda, mamlakatga taqiqlangan nashrlarni olib kirishda hamda pora va boshqa imtiyozlar olish uchun o‘z lavozimidan foydalanganlikda aybladi.
Lyu Xitoy moliya doiralarining taniqli shaxsi bo‘lib, ilgari Xitoyning markaziy banki va eksport-import bankida yuqori lavozimlarda ishlagan.
Xitoy rahbari Si Tszinpin 2012-yilda hokimiyatga kelganidan beri korrupsiyani yo‘q qilish bo‘yicha keng qamrovli kampaniya olib bordi.
Si Tszinpinning korrupsiyaga qarshi kurashi davlat banklarining bir qator taniqli moliyaviy rahbarlarini tuzoqqa tushirdi.
Albaniyaning sobiq bosh vaziri va uning kuyovi yerni xususiylashtirish mojarosida korrupsiyada ayblanmoqda
Albaniyaning sobiq bosh vaziri Sali Berisha va uning kuyovi Tirandagi mulk bilan bog‘liq yer bitimi bo‘yicha korrupsiya va pul yuvishda ayblanmoqda.
79 yoshli Berishaning aytishicha, u ham, uning kuyovi 50 yoshli Jamarber Malltezi ham aybsiz.
Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi maxsus prokuratura idorasi qayd etishicha, Berishaning kuyovi uning bosh vazir lavozimidan foydalanib, mamlakat Mudofaa vazirligiga tegishli boʻlgan Tiranadagi yerni xususiylashtirib, avvalgi egalariga qaytarib bergan, ular esa yerni darhol arzon narxda sotib yuborgan va bu joyga ko'p qavatli uylar qurilgan.
Berisha 2005-2013-yillarda Albaniya bosh vaziri, 1992-1997-yillarda esa prezident lavozimlarida ishlagan. U 2021-yil aprel oyida boʻlib oʻtgan parlament saylovida Demokratik partiyadan deputat etib qayta saylangan.
2021-yilning may oyida AQSh hukumati Berisha va uning yaqin oilasini korrupsiyaga aloqadorlikda ayblab, mamlakatga kirishni taqiqlagan.
AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning aytishicha, Berishaning 2005-2013 yillardagi bosh vazirlik davrida siyosatchi "o'z hokimiyatidan o'z manfaati uchun hamda siyosiy ittifoqchilari va oila a'zolarini boyitish uchun" foydalangan.
Blinken, shuningdek, Berishani "mustaqil tergovlar, korrupsiyaga qarshi harakatlar va javobgarlik choralariga" aralashishda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Berishaning “korrupsion harakatlari Albaniyada demokratiyaga putur yetkazgan”.
Berisha korrupsiyaga aloqadorligi sababli AQShga kirishi taqiqlangan albaniyaning to'rtinchi yuqori lavozimli amaldori.
FVV xodimlari “Halollik tekshiruvi”dan o’tadi
Qozog’iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri Sirim Sharipxonov qozog‘istonliklardan xodimlarning korrupsiyaga chidamliligini tekshirishda ishtirok etishni so‘radi, deb yozadi BaigeNews.kz.
Sirim Sharipxonovning aytishicha, vazirlik tizimidagi boshqarmalarda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish maqsadida joriy yilning oktabr oyida xodimlarni “Halollik tekshiruvi”dan o‘tkazish bo‘yicha tajriba loyihasi joriy etilgan. Loyiha halol bo'lmagan xodimlarni o‘z vaqtida aniqlash va korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga chek qo‘yish imkonini beradi.
“Halollik tekshiruvi” ishga tushirilgandan beri biz xodimlardan noma’lum shaxslardan o‘z hisob raqamlariga pul mablag‘lari tushgani haqida 17 ta xabar oldik, bu ularning korrupsiyaga chidamliligini ko‘rsatadi. G‘urur bilan ta’kidlamoqchimanki, xodimlarimizning 99,9 foizini har kuni o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yib, o‘z xizmatini sharaf va munosib ado etuvchi halol, vijdonli insonlar tashkil etadi. Lekin, afsuski, safimizda nohalol xodimlar ham bo‘lishi mumkin.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqaro muhofazasi organlaridagi korrupsiyaga qat'iy chek qo'yishga qaratilgan. Jamoatchilikni safimizda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etishga taklif qilaman. Favqulodda vaziyatlar vazirligi saflarida noqonuniy xatti-harakatlarni sezsangiz, albatta bizga xabar bering. Biz odamlarga yordam beradigan xizmatmiz, shuning uchun jamoatchilik ishonchi biz uchun ustuvor ahamiyatga ega. Odamlarni qutqarishdek ezgu ishimizda korrupsiyaga yo‘l qo‘yilmaydi”, — dedi Sharipxonov.
Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari poradan 88 million rubl “ishlab topgan”
Dog‘istonda Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari Mazay Ramazonov yirik pora bilan qo‘lga olindi. Sobiq amaldor davlat shartnomalaridan deyarli 88 million rubl "ishlab oldi", deb xabar beradi SHOT.
Ramazonov 2018-yilda Dog'iston sog'liqni saqlash vaziri o'rinbosari lavozimiga tayinlangan va bir yildan kamroq vaqt o'tgach, u yirik pora olish sxemasini ishga tushirgan. U mahalliy 48 yoshli tadbirkor ayol Natalya Drozdovaga foydali davlat shartnomalarini olishga yordam bergan va undan har bir bitimning 10 foizini olgan.
Shubhasiz, bu sxemalar davom etishi mumkin edi, ammo 2022-yilning yanvarida Ramazonov lavozimidan chetlatildi. Hammasi fosh bo‘lgach, “Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, katta miqdorda pora olish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Hozircha sobiq davlat xizmatchisi uy qamog‘iga olingan, biroq u 15 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. “Yordamchilar”ni ham o‘n yildan ortiq qamoq jazosi kutmoqda.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati