Joriy yilning 6 va 11 sentabr kuni AQSH global ommaviy axborot vositalari agentligi tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Korrupsiyani yoritish va faktlarni tekshirish” mavzusida tashkil etilgan treningda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov ma’ruza bilan ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, shu jumladan nodavlat sektor vakillarining mazkur sohadagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.
Shuningdek, tadbir davomida Agentlik direktori tomonidan jurnalistlar bilan jonli muloqot o‘tkazilib, ularning savollariga javoblar berildi.
To‘rt kunlik intensiv treninglarni o‘z ichiga olgan mazkur tadbir AQSH global ommaviy axborot vositalari agentligi tomonidan tashkil etilib, gibrid shaklida bo‘lib o‘tdi. Unda Surxondaryo, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Andijon, Farg‘ona, Samarqand va Toshkent shaharlaridan 20 dan ortiq jurnalistlar ishtirok etdi.