Joriy yilning 8 fevral kuni Agentlik va Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Agentlik direktori Akmal Burxanov, elchi Konstantin Obolenskiy hamda ikki tomon mas’ul vakillari ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun: “Transparency International” xalqaro tashkilotining 2021 yilgi “Korrupsiyani qabul qilish indeksi”da Shveysariya 7-o‘rinni egallagan.
Dastlab, Agentlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar va o‘zgarishlar, bunda Agentlikning o‘rni va faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi.
Elchi o‘z o‘rnida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha salmoqli choralar ko‘rilayotganligi, bunda tizimli islohotlar olib borish muhim rol o‘ynashini, bundan tashqari aksilkorrupsiya yo‘nalishidagi qonunchilik sezilarli darajada takomillashganligini va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida jamoatchilik ishtiroki hamda davlat xizmatida axloqiy me’yorlarga rioya etish masalalari muhim o‘ringa egaligini ta’kidlab o‘tdi.
Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo ishchi guruhi (IDWG) bilan tajriba va axborot almashish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro qo‘shma loyihalar, seminar va treninglar tashkil etish singari takliflar ilgari surildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati