Joriy yilning 8-aprel kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda Sloveniyaning Yozef Shtefan instituti hamda “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti vakillari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
Ma’lumot uchun: Sloveniyaning Yozef Shtefan instituti bilan aloqalar 2021-yilning oktabr oyida Agentlik direktori rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Sloveniyaga tashrifi davomida o‘rnatilgan.
Ayni kunlarda institutning sun’iy intellekt sohadagi ekspertlari M.Grobel, M.Jermol, D.Bozich hamda D.Justineklar O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda Agentlik direktori Akmal Burxanov tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha yurtimizda so‘nggi yillarda olib borilgan islohotlar, shu jumladan korrupsiyaning oldini olishda raqamlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar xususida ma’lumot berib o‘tdi.
O‘z navbatida, “Mintaqaviy muloqot” xalqaro nodavlat tashkiloti rahbari Myusha Sever hamda O‘zbekistonga tashrif bilan bo‘lib turgan Sloveniyaning Yozef Shtefan instituti ekspertlari tomonidan bu boradagi Sloveniya tajribasi, ayniqsa, sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Ma’lumot uchun: Sloveniyadagi Yozef Shtefan instituti olimlari tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt algoritmi yordamida bugungi Sloveniyada davlat budjeti mablag‘lari sarflanishini monitoring qilishga mo‘ljallanagn ERAR portalining asosi yaratilgan.
O‘zaro muloqot tarzida tashkil etilgan mazkur uchrashuv yakunida ikki tomon vakillari tomonidan davlat xizmatchilari mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalashda hamda davlat xaridlarini monitoring qilishda hamkorlik aloqalarini davom ettirish, Sloveniya tarafi tomonidan bu borada ekspertlik ko‘magini ko‘rsatish bo‘yicha kelishib olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Аxborot xizmati