Oʻzbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatida Sanitariya-epidemiologiya Kengashining 2022-yil 1-chorakka moʻljallangan yigʻilishida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashni kuchaytirish, xizmat faoliyatida shaffoflikni taʼminlash ham kun tartibidagi asosiy masalalardan biri boʻldi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachining soha xodimlariga murojaatnomasi oʻqib eshittirildi.
Murojaatnomada sohada asosiy maqsadlardan biri Sanitariya-epidemiologiya xizmatini korrupsiyasiz tizimga aylantirish ekanligi taʼkidlandi.
Oʻz navbatida, Agentlik masʼul xodimi joriy yil Agentlik tomonidan Sogʻliqni saqlash vazirligi va boshqa vazirlik-idoralar hamkorligida ishlab chiqilgan “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2022-2023-yillarga moʻljallangan “Yoʻl xarita”lari va ularda belgilangan maqsad-vazifalar xususida maʼlumot berib oʻtdi.
Shuningdek, mazkur yoʻnalishda Agentlik Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda ishlashga, mutaxassislarga amaliy yordam koʻrsatishga doim tayyor ekanligini bildirdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati