Korrupsiyaga qarshi kurashish uchun barcha birday masʼul boʻlib, bunda, ayniqsa, fuqarolarning ishtiroki muhim ahamiyat kasb etadi. Fuqarolarlarning korrupsiya va unga nisbatan murosasiz munosabati ularning murojaatlarida ham yaqqol namoyon boʻlmoqda. Bunday murojaatlarni oʻrganish va ularning oqilona yechimini topish Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining doimiy eʼtibor markazidadir.
Jumladan, Agentlik rahbariyati va xodimlari tomonidan muntazam ravishda fuqarolarni qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, bugun Agentlik direktori A.Burxanovning navbatdagi fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi.
Respublikaning turli hududlaridan kelgan fuqarolar oʻz murojaatlarida asosan sud qarorlari hamda turli vazirlik hamda idoralarda murojaatlarining toʻliq va xolisona koʻrib chiqilmayotganligidan eʼtiroz va noroziliklar aks etdi. Oʻzaro muloqot mobaynida murojaaatchilar korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha oʻz fikr-mulohaza va takliflarini ham bildirishdi
Qabulda fuqarolarning murojaatlari toʻliq tinglanib, muammolarning yechimi boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi oʻrganish va vaqt talab etadigan murojaatlar boʻyicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Shuningdek, ushbu qabul korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha uslublar, takliflar, mulohazalar yuzasidan qiziqarli savol-javob va muzokaralarga boy tarzda boʻlib oʻtdi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati