Prezidentimizning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, barcha davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning yangicha mexanizmi yaratildi.
Xususan, “Oʻzsanoatqurilishbank” tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish, mijozlarga xizmat koʻrsatishda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash hamda bu borada jamoatchilik bilan samarali aloqani yoʻlga qoʻyish maqsadida 24/7 rejimida faoliyat koʻrsatuvchi “Komplayens ishonch liniyasi” ishga tushirildi.
Xalqaro standartlar asosida ishlaydigan bunday antikorrupsion tizim samarasi oʻlaroq joriy yilning 14-iyul kuni "Oʻzsanoatqurilishbank”ka korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlik sertifikati taqdim etildi.
Ushbu xalqaro standart bank tomonidan uch boʻgʻinda — respublika, viloyat va tuman kesimida joriy qilinadi.
Mazkur sertifikat korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murosasiz munosabatni anglatadi, shuningdek, xususiylashtirish jarayonida investorlar va biznes hamkorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati