Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida “Xalq bilan muloqot” tamoyilining keng tatbiq etilishi orqali aholining talab va takliflarini oʻrganish, ularning masalalarini tinglash, muammolarini hal etish choralarini koʻrish ishlari muntazam amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, bugun Agentlik direktori A.Burxanovning navbatdagi shaxsiy qabuli boʻlib oʻtdi. Fuqarolar oʻz murojaatlarida asosan davlat organlarida, mahalliy hokimliklarda murojaatlarining toʻliq va xolisona koʻrib chiqilmayotganligidan, mehnat qonunchiligining buzilishi hamda korrupsiyaviy holatlardan noroziliklar bildirishdi.
Qabulda fuqarolarning murojaatlari toʻliq tinglanib, muammolarning yechimi boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi. Ijrosi oʻrganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar boʻyicha fuqarolardan tegishli tartibda ariza va shikoyatlar qabul qilinib, ijrosi qatʼiy nazoratga olindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi
Axborot xizmati