O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Ozarbayjon Respublikasiga tashrifi doirasida mamlakatda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “ASAN” va “DOST” markazlari faoliyati bilan tanishildi.
Ma’lumot uchun: "ASAN xizmat" (Ozarbayjon xizmat ko‘rsatish va baholash tarmog'i) markazi fuqarolarni qo‘shimcha xarajatlar va vaqtini tejash hamda davlat xizmati faoliyatini to‘g‘ridan to‘g‘ri baholash maqsadida tashkil etilgan. Markaz fuqarolarni davlat hokimiyati organlariga ishonchini orttirish, mazkur sohada shaffof va korrupsiyadan holi tizim tashkil etish, davlat xizmatlaridan elektron vositalar orqali foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Bugungi kunda Ozarbayjonda mazkur xizmat orqali 320 dan ortiq davlat va xususiy xizmatlar tezkor tartibda ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yilgan.
DOST (Barqaror va tezkor ijtimoiy ta’minot agentligi) markazlari ijtimoiy to‘lovlar, pensiya, ishsizlik, nogironlik va boshqa nafaqalarni tayinlash, ishga joylashish kabi 120 ta davlat va xususiy xizmatlarni tezkor va axborot kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda ko‘rsatadi.
"ASAN xizmat" markaziga tashrif fuqarolarga davlat xizmatlarini to‘laqonli va sifatli yetkazish bo‘yicha so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan ishlar, xizmatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha yangi rejalar, fuqarolarning davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchini oshirish kabi masalalr bilan tanishishdan boshlandi. Bugungi kunda 10 dan ziyod vazirlik va idoralarning mas’ul xodimlari aynan shu markazlardan turib fuqarolarga tezkor xizmat ko‘rsatayotganliklari va bu byurokratiyani keskin qisqarishiga olib kelganligi ta’kidlandi.
"ASAN xizmat" markazlarida davlat xizmatlari bilan bir qatorda fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida bir qator xususiy tashkilotlar (bank, sug‘urta, turistik tashkilotlar) ham xizmat ko‘rsatib keladi.
Shu bilan birga, ayrim davlat xizmatlarini olish maqsadida fuqarolarga onlayn va maxsus mobil dastur orqali murojaat qilish imkoniyati yaratilgani hamda fuqarolar ko‘rsatilgan xizmat yakuniy natijasini qabul qilish uchun markazlarga tashrif buyurishlari aholi idorasida davlat xizmatiga bo‘lgan ishonchni sezilarli darajada oshirilishi olib kelgan.
DOST markazida aholining ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 120 dan ortiq ijtimoiy xizmatlar “yagona darcha” tamoyili asosida elektronlashtirilgangan holda ko‘rsatilishi, eng muhimi xizmatlarni olishda fuqarolar tomonidan hech qanday hujjat talab etilmagan holda amalga oshirishi ta’kidlandi.
Ahamiyatlisi, har bir ko‘rsatilgan xizmat va xizmat ko‘rsatuvchini baholash imkoniyati mavjud. Bugungi kunda tashkilot tomonidan yo‘lga quyilgan xizmatlardan aholining qoniqish darajasi 97,5% tashkil etishi bayon etildi
Tashriflar yakunida davlat xizmatlari ko‘rsatishda ushbu ilg‘or amaliyotni O‘zbekistonda ham joriy etish masalalari muhokama etildi.